5-sinf mavzusini 3-sinfga ko‘chirishdan maqsad nima?

Fikr 5-sinf mavzusini 3-sinfga ko‘chirishdan maqsad nima?
810

Adabiyot ta’limi hamma davrlarda pedagogikaning asosi sifatida o‘quvchining ta’lim bilan birga tarbiyasini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham o‘rta maktablarning 5–11-sinflarida adabiyot ilmiga alohida e’tibor qaratilgan. 


3-sinf matematika darsligida o‘tgan 2018-2019-o‘quv yiliga qadar ko‘paytirish va bo‘lish, uch xonali sonlarni raqamlash, 1000 ichida qo‘shish va ayirish, 1000 ichida ko‘paytirish  va bo‘lish, oddiy va murakkab tenglamalarni bajarish usullarini o‘rganishga oid mavzular berib kelingan. Bu mavzularni o‘rganishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning darslikdan foydalangan holda og‘zaki (xotirada) va yozma hisoblash malakasini o‘stirishdir.


2019-2020-o‘quv yiliga kelib dasturga o‘zgarishlar kiritildi. Darslikda berilgan mavzular birmuncha murakkablashdi. Bilmadim, bu holat davr talabimi yoki tajriba uchunmi!? Kasr son tushunchasi kiritilishidan oldin butun sonni ma’lum teng qismlarga, ulushlarga ajratish va so‘ralgan ulush qiymatini aniqlash tushunchasi mavjud edi. Bunday tushunchalarni qamrab olgan misol va masalalar o‘quvchilarning kundalik hayoti va o‘quv faoliyatida qo‘llanilgan. Biroq buning kasr son ko‘rinishida ifodalanishi 3-sinf o‘quvchilarining kundalik hayotida uchramaydi. Keling, buni misol ko‘rinishida ifodalaylik: 

11 + 4 = 15 ekanligini, 15 buyumni 3 ta bola beshtadan teng 3 ulushga (qismga) bo‘lib olishini o‘quvchilar mustaqil bajara oladilar. Bu holatda o‘quvchi diqqati bo‘linmaydi. Endi buning kasr son ko‘rinishiga e’tibor qarating:

Bu holatda noto‘g‘ri kasr son hosil bo‘lishi, kasr suratini maxrajiga bo‘lib 15 : 3 = 5 ekanligini isbotlaymiz. Har ikkala holatda ham natija bir xil. 

Oddiy kasrlar-ku, mayli-ya, bunday kasrlar noto‘g‘ri kasr, aralash son, o‘nli kasrlarga aylanib ketsa, o‘zlashtirish darajasi qay darajada pasayib ketishini tasavvur qilavering. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tish lozim, ikkinch i holatda biz o‘quvchilarimizning bilim olishga ajratilgan bebaho vaqtini o‘g‘irlamayapmizmi?


Bu holatni o‘z tajribamda sinovdan o‘tkazdim. Avval oraliq nazoratni to‘rt arifmetik amalda ulushlarni topish, taqqoslash va o‘lchov birliklari ustida amallar olib borib, o‘zlashtirish darajasining  ko‘zlangan me’yorlariga erishdim. So‘ng bu amallarni bajarishda kasr sonlardan foydalandim va natija past bo‘ldi. Bu holatni bir necha bor takrorlab shunga amin bo‘ldimki, o‘quvchilarning 70 foizida o‘zlashtirish darajasi past. Natijada aynan shu nuqtada o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Chunki hozir 3-sinfda o‘rganilayotgan kasr son tushunchasi ilgari 5-sinf dasturida edi. 3-sinf o‘quvchilari 5-sinf dasturini qabul qiladigan darajada diqqat e’tiborga ega emas.


Ayniqsa,    kasr soni 0.75 ga teng ekanligi yoki      noto‘g‘ri kasrni o‘nli kasr ko‘rinishida yozish uchun uni avval aralash songa, so‘ng o‘nli kasrga aylantirish kerakligi o‘quvchi fikrini chalg‘itib yuboradi. =  ko‘rinishga keltirish uchun 498 : 100 = 4 (98 qoldiq) qolishi, 4 soni butun son 98 qoldiq esa kasrning suratiga, maxrajiga 100 soni yozilishini tushuntirish  kerak va hosil bo‘lgan     aralash sonni o‘nli kasrga aylantirish uchun 4 butun son, kasr chizig‘i o‘rnida vergul yozilishi, maxrajida 100 soni yo‘qolib, og‘zaki talaffuz etilishi, qoldiqda qolgan 98 soni verguldan so‘ng yozilishi va bu son 4.98 (to‘rt butun yuzdan to‘qson sakkiz) deb o‘qilishini tushuntirish kerak bo‘ladi. Biz-ku bu amallarni bajarish usullarini o‘quvchilarga tushuntiramiz, ammo bolalar bu ma’lumotni dars yakuniga qadar misollarda o‘qituvchi yordamida bajaradilar, biroq keyingi matematika darsiga qadar 70 foiz o‘quvchi bu ma’lumotlarni unutib yuboradi. Shunday holatlarni hisobga olgan holda boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan har bir mavzu o‘quvchi yoshiga, bilimlarni qabul qilish darajasiga mos kelishi shart, deb o‘ylayman.


Misol uchun, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bebaho vaqtidan unumli foydalanish maqsadida mental arifmetikaning ilk bosqichlarini o‘rgatish yordamida to‘rt arifmetik amallarni, ayniqsa, ko‘paytirish va bo‘lishni xotirada bajarish mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ko‘proq yo‘lga qo‘ysak maqsadga muvofiq emasmi?! Chunki bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishi, topqirligi va xotirada tez hisoblash hamda hozirjavoblik bilan o‘z fikrini mustaqil ifodalashga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.


1. Isbot: ikki xonali sonni bir xonali songa ko‘paytirishni xotirada bajarishga o‘rgatish.

2. Isbot: ikki xonali sonni ikki xonali songa ko‘paytirish va ko‘paytirishni qo‘shish amali bilan yakunlashni xotirada bajarishga o‘rgatish, bola xotirasini rivojlantirishga  yordam beradi.


Shu o‘rinda ko‘p xonali sonlarni xotirada qo‘shish va ayirish amallari yuzasidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar berib borish ham foydali. Bunday amallarni dars jarayonida qo‘llash, darsni yanada qiziqarli va samarali bo‘lishiga yordam beradi.


Dilbar Jo‘rayeva, 

Kasbi tumanidagi 

9-maktabning boshlang‘ich 

sinf o‘qituvchisi

Maqola muallifi

Dilbar JO'RAYEVA

Dilbar JO'RAYEVA

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Olimpiada

Ulashish