Ayrim hududlarda nodavlat bogʻcha tashkil etayotgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi

Jarayon Ayrim hududlarda nodavlat bogʻcha tashkil etayotgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi
47

#qonunchilik_hujjatlari


Ayrim hududlarda nodavlat bogʻcha tashkil etayotgan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi


👉  Farmonga asosan: 


👉 2026-yil 1-apreldan (Toshkent shahri bundan mustasno):


➖ maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlari ushbu hududlardagi taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan boʻlsa (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno);


➖ 7 yilgacha muddatga (yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada) 5 milliard soʻmgacha kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tashkilotini 18 oygacha boʻlgan muddat ichida qurish sharti bilan beriladi (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno);


➖ har yili 1-aprelga qadar — yer uchastkalari ruxsat etilgan foydalanish turini oʻzgartirmaslik sharti bilan belgilangan tartibda auksion orqali ajratiladi (buning ijrosiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari masʼul va javobgar hisoblanadi).


👉 Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan soʻng:


➖ tarbiyachilarning oylik ish haqi toʻlash xarajatlari — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi (bunda har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olinadi);


➖ joriy yil 1-apreldan — yuqorida keltirilgan (kredit va ish haqi bilan bog‘liq) imtiyozlar respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish