Bu yilgi bitiruvchilar OTMga kira olmasa, texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitiladi

Jarayon Bu yilgi bitiruvchilar OTMga kira olmasa, texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitiladi
33

Kecha Prezident boshchiligida oʻtkazilgan muloqotda xorijiy til va fanlar boʻyicha olingan oʻquvchilarni xalqaro sertifikatlari maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.


Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab davrida oʻquvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish uchun 9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.


Ya’ni maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan boʻladi.

Shuningdek, oʻtgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.


Ular 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi va kasbiy qiziqishi boʻyicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yoʻnaltiradi.


Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga oʻtib, maktabda oʻqish fikridan qaytgan yoshlar ham taʼlimni texnikumda davom ettirishi mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitilishi taʼkidlanadi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish