Darsni samarali tashkillashtiramiz
Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchi kasbiy mahorati muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda mamlakatimizda kasbiy rivojlanish kunlari(KRK) va kasbiy rivojlanish soatlari(KRS) tizimi yo‘lga qo‘yildi. KRK mashgʻulotlari pedagoglar uchun nafaqat bilim almashish maydoni, balki kasbiy oʻsish, yangicha qarash va samarali tajribalar maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Xususan, Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida fransuz tili bo‘yicha KRK mashg‘ulotlari talab darajasida tashkil etilmoqda. Unda chet tillarini oʻqitishda qoʻllanilayotgan zamonaviy metod va innovatsion yondashuvlar atroflicha muhokama qilinib, amaliy dars jarayoniga samarali tatbiq qilish ustida tahlillar olib borildi. Ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish orqali fikrlarini erkin bayon etish imkoniga ega boʻldi.
Bugun fransuz tilini bilganlar xorijiy universitetlarda tahsil olish, xalqaro tashkilotlarda ishlash yoki chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Xususan, 2024-2025-yillar davomida Namangan viloyatining 10 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan hamkasblari bilan birgalikda Fransiyaning Nitsa shahrida malaka oshirib qaytdi. Unda zamonaviy Yevropa taʼlim metodlari bilan yaqindan tanishishdi. Trening davomida oʻqituvchilar dars jarayonini oʻquvchi markazida tashkil etish asosida olib borish usullarini amaliy mashgʻulotlar orqali oʻzlashtirdi. Ular interfaol platforma, onlayn baholash tizimi, sunʼiy intellekt asosidagi mashqlar va vizual materiallar yordamida dars samaradorligini oshirish usullarini oʻrgandi. Formativ baholash, oʻz-oʻzini baholash va refleksiya texnikalari esa oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Nitsa tajribasi shuni koʻrsatdiki, chet tilini oʻqitishda tilni real hayot bilan bogʻlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va oʻquvchilarda mustaqil oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish zamonaviy taʼlimning eng muhim talablaridan biridir. Ushbu ilgʻor tajribalar KRK mashgʻulotlari orqali mahalliy taʼlim tizimiga izchil tatbiq etilmoqda.
Zamira HAMIDOVA,
Namangan tumanidagi 15-maktabning
fransuz tili fani o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
Ochiq eshiklar kuni
Ilm-fan taraqqiyotida ayollar: tarix, bugun va kelajak
PARVOZGA SHAY AVLOD
Darsni samarali tashkillashtiramiz
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank