“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “El-yurt umidi” stipendiatlarining Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi roli va hissasi” mavzusida forum oʻtkazildi.
Oʻzbekiston iqtisodiyot va davlat boshqaruvidan tortib ilm-fan, taʼlim va ijtimoiy siyosatgacha boʻlgan barcha sohalarni jadal modernizatsiya qilish bilan transformatsiyaning hal qiluvchi bosqichiga kirmoqda. Global texnologik raqobat, iqlim, mehnat bozorlarining oʻzgarishi va geosiyosiy noaniqlik sharoitida inson kapitali, yaʼni yuqori malaka va tayyorgarlikka ega, gʻayratli va global fikrlaydigan yetakchi yosh mutaxassislar asosiy raqobatbardosh ustunlikka aylanmoqda.
Aynan shu bois “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga nafaqat xorijda taʼlim olishni moliyalashtirish mexanizmi, balki mamlakatda va xorijda islohotlarni ilgari surish qobiliyatiga ega boʻlgan mutaxassislar va yetakchilarning yangi avlodini shakllantiruvchi tizimli institut sifatida qaralmoqda.
Xususan, 2018–2025-yillarda 2 300 nafarga yaqin yosh (shundan 1 300 nafari bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha) xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlarni egallash uchun 40 dan ortiq davlatlarga oʻqishga yuborildi. Ulardan 760 nafari oʻqishni davom ettirmoqda, 1 500 nafarga yaqini esa Vatanga qaytib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, muhandislik, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, taʼlim, tibbiyot, ilm-fan kabi dolzarb yoʻnalishlarda oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Forum doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatining yangi modeli va istiqbolli loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Ular orasida stipendiatlar va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni soddalashtirish, Oʻzbekistonga qaytgandan soʻng bitiruvchilarni kuzatib borish, ularning karyera oʻsishi va loyihalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish imkonini beruvchi yagona onlayn platforma yaratish loyihasi ham bor.
– Dunyoning top 100 talik ro‘yxatdan o‘rin olgan Buyuk Britaniyaning Glazgo universitetida Siyosat va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlaganman. Xozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida faoliyatimni davom ettiryapman. Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston” universitetida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ishimni olib boryapman, – deydi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Muxlisa Mamajonova.
Jamgʻarmaning kelgusi yillardagi asosiy vazifasi hamkorlik geografiyasini va mutaxassislar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlarini tizimli ravishda kengaytirishdan iborat.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank