“El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirgan nomzodlar qaysi hollarda test sinovlaridan ozod etiladi?

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test sinovlari joriy yilning 3-iyul kuni o‘tkazildi.
Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va test bosqichidan ozod etilish uchun zarur bo‘lgan xalqaro sertifikatlarga (SAT, GRE, GMAT, A-Level) ega bo‘lgan va ularni belgilangan muddatda taqdim etgan nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadi.
Qayd etish lozimki, tanlov ochiq va adolatli tashkil etiladi. Nomzodlar qo‘yilgan talablar asosida shaffof tanlov asosida saralanadi. O‘qish xarajatlari (ta’lim, yashash, yo‘lkira va boshqa xarajatlar) jamg‘arma hisobidan qoplanadi.
Joriy yilda 975 nafar nomzod IQ darajasi, tanqidiy fikrlash hamda psixologik barqarorlikni aniqlash bo‘yicha oflayn va onlayn shaklda o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga tavsiya etilgan. Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishi lozim.
Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar "ZOOM" platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadi. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga "ZOOM" havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuboriladi. Agar nomzod belgilangan hududda test kuni bo‘lmagan taqdirda, u test sinovlarini boshqa hududda topshirishi mumkin. Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, Jamg‘arma orqali minglab yoshlar rivojlangan davlatlarda ta’lim olib, ilg‘or bilim va tajriba bilan yurtga qaytmoqda. Tahsilni tugatgan mutaxassislarga O‘zbekistonda ishlab, turli sohalarda ilg‘or tajribalarni joriy qilishi uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilgan.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirgan nomzodlar qaysi hollarda test sinovlaridan ozod etiladi?
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi
Sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan suratlar
Musofir “Robot”
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

Nahotki, mana shunday o‘ta gʻaliz va chuchimal narsalarni kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarimizning maktab dasturiga kiritish mumkin bo‘lsa?

Sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan suratlar
