Endi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

Bilasizmi? Endi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi
120

Mazkur dastur OTM da tahsil olgan yoshlarning ishga joylashishiga koʻmaklashadi. “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.


Unga koʻra, “Kelajakka qadam” loyihasi dasturida o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan:

 

  • qulay shartlarda moliyalashtirish;                                                                                                                                                              
  • oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.                                                                                                                                       

 Shuningdek salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi:


  • tanlov g‘oliblarini ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;


  • individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Maqola muallifi

Feruza Jo‘rayeva

Feruza Jo‘rayeva

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish