Ertaklar ̶ yaxshilikka yetaklar
101 yillik tarixga ega “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” rukni ostida “Tumshug‘idan ilingan tulki”, “Tulkichaning sarguzashtlari”, “Oltin tarvuz”, “Xurmacha polvon”, “To‘g‘riso‘z Ahmad”, “Savodxon jo‘ja”, “Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan ajoyib sayohati” kabi kitoblarning taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Ertaklar yillar, asrlar o‘tsa-da o‘zining bebaho qiymatini yo‘qotmaydigan ma’naviy ozuqadir. Bolalar adabiyotiga bag‘ishlangan ushbu marosimda Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat attashesi Albina Suvonqulova, O‘zbek-Qirg‘iz do‘stlik jamiyati raisi Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekistondagi Qirg‘iziston Respublikasi milliy madaniy markazidan Anora Jabborovalar O‘zbek xalq ertaklarining eng saralarini to‘plab, qirg‘iz tiliga tarjima qilingan “Akыlduu chaban” kitobini nashr etilishi qirg‘iz tilida tahsil oluvchi bolajonlarimiz uchun yozgi ta’tilga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, tadbir davomida “Tumshug‘idan ilingan tulki”, “Tulkichaning sarguzashtlari”, “Oltin tarvuz”, “Xurmacha polvon”, “To‘g‘riso‘z Ahmad”, “Savodxon jo‘ja” kabi kitoblarning muallif va to‘plovchilari ham o‘z fikr-mulohazalarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdilar. “Akыlduu chaban” kitobining tarjimoni Buruloy Dushanovaning ta’kidlashlaricha bu kitob mamlakatimizda yashayotgan qirg‘iz millatidagi bolalar bilan o‘zbek bolalari o‘rtasida bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik rishtalarini yanada rivojlantiradi. Shuningdek, qirg‘iz xalqiga o‘zbek millatining ma’naviy merosi, madaniyati, urf-odatlari, an’analarini yetkazishda xizmat qiladi.
O‘zbek xalq ertaklaridan tashkil topgan “Oltin tarvuz” kitobini to‘plab, nashrga tayyorlovchisi La’lixon Igamova, “Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan ajoyib sayohati” kitobining tarjimoni Ochil Tohir o‘z ma’ruzalarida ertaklar bolajonlarimiz qalbiga ezgulik urug‘ini qadaydi. Sadoqat, vatanparvarlik, halollik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi tuyg‘ularni shakllantiradi. Biz tarjimonlar ertaklarni bolajonlarimiz uchun qaysi tildan tarjima qilsak ham o‘zimizning milliy mentalitetimizga moslashga harakat qilamiz. So‘z javohirlarini tanlab barchaga birdek tushunarli bo‘ladigan sara so‘zlardan foydalanamiz. Toki ular ertaklarni o‘qiyotganlarida qiyinchilik tuymasinlar, ma’nosini anglab yetishlari oson bo‘lsin.
Tadbir davomida taqdimotda ishtirok etgan barcha mehmonlarga “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan kitoblar sovg‘a qilindi.
Mahmuda YAKUBJONOVA
Shu kecha va kunduzda
UNUTILGAN BAYRAM
MENI KIM ESHITADI?
“ILK MAQOLAM CHIQQAN KUN”…
Muharrir kerakmi? Kerak!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank