Ijtimoiy-hissiy ta’lim boʻyicha seminar-trening

Daxldorlik Ijtimoiy-hissiy ta’lim boʻyicha seminar-trening
100



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan YUNESKO bilan hamkorlikda oʻqituvchilar uchun Ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi boʻyicha oʻquv-treninglariga start berildi. 


Mazkur dastur Oʻzbekiston ta’lim sifati, oʻqituvchi va oʻquvchilar  farovonligini mustahkamlash va milliy islohotlarni global ta’lim ustuvor yoʻnalishlarga uygʻunlashtiradi. Dastur ilk bora amaliyotga joriy etilmoqda, bu galgi oʻquv ishlarida 40 nafar oʻqituvchi bilim va mahoratini oshirishi kutilmoqda.  Dastur dorasida YUNESKOning rasmiy platformasida oʻzbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformaning taqdimoti oʻtkazildi. Trening 19-avgust kuni boshlanib, ikki kun davom etadi.  2 kun davom etadigan treningda: Rahmdillik (oʻz-oʻzini anglash, inson oʻziga rahmdil boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish), Oʻquvchilar bilan sog‘lom munosabat oʻrnatish, platforma bilan tanishish va ishlash rejalashtirilgan.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish