Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston davlat jahon
tillari universiteti delegatsiyasi Argentinaga tashrif buyurdi. Ushbu
safar joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh
Assambleyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilib, ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Jarayonda Argentinaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari – Universidad Nacional de Mar del Plata(UNMdP), Universidad de Buenos Aires(UBA) va Kordoba milliy universiteti(UNC)ga borilib, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Mar del Plata milliy universiteti
bilan imzolangan memorandum talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini
yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va Markaziy Osiyo va Lotin Amerikasi
tillari bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Buenos Aires
universitetining filosofiya, til va adabiyot fakulteti bilan tuzilgan shartnoma
akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy integratsiyani
kuchaytirishga xizmat qiladi. Kordoba milliy universiteti bilan o‘tkazilgan
uchrashuvlar esa Lotin Amerikasidagi eng qadimiy oliygohlardan biri bilan
do‘stona aloqalarni mustahkamladi.
Tashrif doirasida
“O‘zbekiston: Bebaho madaniy meros” mavzusida Mar del Plata, Buenos Aires va
Kordoba shaharlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Jarayonda o‘zbek milliy
liboslari, so‘zana, hunarmandchilik buyumlari, xalq cholg‘ulari va milliy
taomlari namoyish etildi. O‘zbek palovi, milliy raqslar va kuy-qo‘shiqlar
argentinaliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Buenos Aires universitetida
tashkil etilgan tadbirda o‘zbek palovining taqdimoti va milliy cholg‘u sadolari
mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Kordoba milliy universitetidagi chiqishlar
esa O‘zbekistonning milliy an’ana va madaniy qadriyatlarini keng targ‘ib
qilish imkonini berdi.
O‘zbekiston davlat jahon
tillari universitetining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish
va milliy madaniyatimizni global miqyosda targ‘ib qilish yo‘lidagi faoliyati
davom etadi.
Shu kecha va kunduzda
Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida
Mehr, sabr va muhabbat ramzi
Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin
Xorijlik talabalari nimadan norozi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin

Xorijlik talabalari nimadan norozi?
37.jpg)
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
