Italiyaning Tushia universiteti xorijdagi birinchi filialini Samarqandda tashkil etadi

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Tushia universiteti rektori, professor Stefano Ubertini bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Ubertini O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Samarqanddagi Agroinnovatsiya va ilmiy tadqiqot institutida qo‘shma kampus tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanganini va ishlar boshlanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tushia universitetining xorijdagi ilk filiali sifatida O‘zbekistonda ochiladigan kampusning rasmiy ochilishi 2025-yil 30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi, o‘quv jarayoni esa 2026-yil yanvaridan boshlanadi.
Rektor ta’kidlaganidek, bu loyiha orqali o‘zbekistonlik talabalar Italiya agrar sohasining ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1979-yili Viterbo shahrida tashkil etilgan Tushia universiteti Italiyaning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Hozirda unda 8 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Shu kecha va kunduzda
Italiyaning Tushia universiteti xorijdagi birinchi filialini Samarqandda tashkil etadi
Internet bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Nodavlat ta’lim muassasalari ishonchsizmi?

Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda!

TOSHKENTDA ILM VA MADANIYAT NURI: FORSIYZABON JAMIYATLARNI O‘RGANISH ASSOTSIATSIYASINING 10-XALQARO ANJUMANI
