Maktab psixologlari uchun oʻquv ‒ seminar tashkil etildi

Jarayon Maktab psixologlari uchun oʻquv ‒ seminar tashkil etildi
118


📍“Umumiy ta’lim maktablari psixologlari uchun o‘quv-seminarning birinchi kuni start oldi. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda 220 nafar yetakchi trener-psixologlar ishtirok etmoqda. 


Psixologlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini boyitishga mo‘ljallangan tadbirda asosan:

‒ o‘qituvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini anqilash va hisobga olish usullarini qo‘llash;

‒ stress, konflikt va inqirozli vaziyatlarda samarali psixologik yordam ko‘rsatish strategiyalarini o‘rganish;

‒ ota-onalar va pedagoglar bilan konstruktiv muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

‒ ta’lim jarayonida motivatsiyani oshirish va ijobiy psixologik muhit yaratishdan iborat.


Tadbirda psixologlar o‘z sohasida xizmat ko‘rsatishning normativ hujjatlari, diagnostika va uning turlari hamda “Raqamli resurslari va xizmatlari” portalida ishlash va kerakli ma’lumotlarni o‘rganishdi. Ishtirok davomida orttirgan bilim va tajribalari psixologlarning nafaqat o‘zi balki hamkasblari uchun ham foydali bo‘ldi. 

Kelgusida qolgan hududlarda ham seminarlarni tizimli ravishda tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish