O‘qituvchilar olimpiadasining respublika bosqichi yakunlandi

Jarayon O‘qituvchilar olimpiadasining respublika bosqichi yakunlandi
82

O‘qituvchilar olimpiadasining respublika bosqichi yakunlandi. Ishtirokchilar respublika bosqichida 2-turda bilimlarini sinashdi. 


Yakuniy natijalarga ko‘ra,

Biologiya fanidan:

  • Buxoro shahridagi 35-maktab o‘qituvchisi Mirjalol AHMEDOV 1-o‘rin;


  • Fargʻona shahridagi ITMA 1-IM o‘qituvchisi Ilhombek TURG‘UNBOYEV 2-o‘rin;


  • Buxoro shahridagi 35-maktab o‘qituvchisi Mohinabonu IKROMOVA 3-o‘rin sohibi boʻldi.


Matematika fanidan:

  • Guliston shahridagi ITMA IM o‘qituvchisi Abdushukur AHADOV 1-o‘rin;


  • Angren shahridagi ITMA IM o‘qituvchisi Elbek TOSHPOʻLATOV 2-o‘rin;


  • Buxoro shahridagi ITMA PM o‘qituvchisi Abbos MUHAMMEDOV 3-o‘rinni egalladi.


Informatika fanidan:

  • Namangan shahridagi ITMA PM o‘qituvchisi Saidjalol HASANOV 1-o‘rin;


  • Yashnobod tumanidagi TMA al-Xorazmiy maktabi o‘qituvchisi Davron AVLAQULOV 2-o‘rin;


  • Qiziltepa tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi Mansurjon KAMOLOV 3-o‘ringa munosib deb topildi.


G‘oliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


Ma’lumot o‘rnida, respublika bosqichida 210 nafar (fanlar kesimida har bir hududdan 5 nafardan) oʻqituvchi oʻzlarining bilim va iqtidorini namoyish etishdi.

Eng yuqori natija koʻrsatgan (har bir fandan) 10 nafar ishtirokchi Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” a’zoligiga qabul qilindi. Batafsil “Ma’rifat” gazetasining navbatdagi sonlari oraqali o‘qishingiz mumkin.


Shahnoza YANGIBOYEVA


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Olimpiada
  • #Ta'lim

Ulashish