O‘smirlik fasli – Ilim, mehr va dolzarb 90 kun missiyasida

O‘smirlik – inson hayotidagi chuqur o‘zgarishlar, ijtimoiy, psixologik va fiziologik tub burilishlar davri. Bu faslga beparvolik qilgan jamiyat kelajak haqida talabchan so‘z ayta olmaydi. Ayniqsa, qiz bolaning o‘smirlikdagi ginekologik muammolari haqida haqida gap ketganda masala yanada noziklashadi.
Bugun ushbu muammolarni ilmiy darajada hal etish uchun doimiy harakatda bo‘lgan, ilm, amaliyot va ustozlikni uyg‘unlashtirgan ayollar bor. Ulardan biri — tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Nigora Ashurovadir. U Buxoro davlat tibbiyot institutining “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi yetakchi ustozi. Uning barkamol shaxsiyati, 36 yillik faoliyati, ilmiy va amaliyotiy yutuqlari bugun butun viloyatda ayollar salomatligini muhofaza qilish harakatlarida muhim tayanchga aylangan.
90 kunlik zarbdorlik tashabbusi doirasida, u rahbarlik qilayotgan jamoa Buxoroda hech bir toifani chetlab o‘tmagan holda reproduktiv sog‘liq, onalik, qizlar gigiyenasi va profilaktika bo‘yicha salmoqli ishlarga bosh-qosh bo‘ldi. Quyida ana shu tashabbuslar haqida so‘z boradi:
- “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida Oliy hamshiralik ishi fakulteti 351-352-guruhi talabalari bilan Buxoro filialining tug‘ruq va ginekologiya bo‘limida doya va hamshiralar faoliyatiga bag‘ishlangan tanishuv, kasbiy suhbatlar tashkil etildi. Yoshlar mutaxassislik mohiyatini amaliyotda angladilar.
- Har paytshanba kuni “Yosh akusher-ginekolog” to‘garagi o‘tkazilib, 4-6-bosqich talabalarning fanga qiziqishini rivojlantirish, ularning ilmiy salohiyatini ochishga alohida e’tibor qaratildi.
- Kogon tumanida, “Xo‘ja Yaqshaba” MFY va “Uyrot-26” oilaviy poliklinikasida reproduktiv yoshdagi ayollar ko‘rigi, shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
- Buxoro jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda “Reproduktiv salomatlik” mavzusidagi tadbirda nufuzli akusher-ginekologlar ishtirok etib, yoshlarga sog‘lom hayot va kasalliklar profilaktikasi haqida ilmiy ma’lumotlar yetkazildi.
- 18-maktab o‘quvchi qizlari bilan “O‘smir qizlar gigiyenasi” mavzusida amaliy suhbatlar olib borildi. Bu tadbirda ularning o‘z tanasini anglashi, gigiyena madaniyatini shakllantirish kabi muhim jihatlar keng yoritildi.
- Kogon shahri markaziy poliklinikasida asoratlangan homiladorlik holatlari va ginekologik kasalliklari bor ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, diagnostika algoritmlari joriy etildi.
- “Erta turmush qurish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Bu orqali salomatlik, genetika va ijtimoiy turmush o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklar muhokama qilindi.
- 5-umumta’lim maktabida, amaliyotchi psixolog va viloyat reproduktologlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida ma’ruza va 7–11-sinf qizlari bilan “Hayz sikli buzilishi” mavzusida suhbat tashkil etildi.
- “Saraton oldi kasalliklarni barvaqt aniqlash” mavzusidagi navbatdagi tadbir Buxoro jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazildi. Unda maqsad – og‘ir xastaliklarni ilk bosqichda aniqlash madaniyatini shakllantirish.
- “Onkologik kasalliklarning oldini olish” mavzusida Chorbahosa MFYda mahalliy xotin-qizlar bilan uchrashuv va ma’ruzalar o‘tkazildi. Bu ma’ruzalarda Nigora Ashurova shaxsan ishtirok etdi.
- “Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlar ahamiyati” mavzusida u "Istiqlol" telekanali orqali chiqish qilib, keng jamoatchilikka murojaat etdi.
Ilm qog‘ozda emas, hayotda yashasa — shu haqiqiy natija!
Nigora Ashurova rahbarligidagi ushbu tashabbuslar mamlakatimizdagi onalik va bolalikni muhofaza qilish siyosatining amaliy ko‘rinishidir. Ularning maqsadi – faqat bir martagi tadbir emas, balki dunyoqarashni o‘zgartirish, yoshlarga hayot uchun bilim berishdir.
Uning ilmiy ishlari, jumladan, o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini tahlil qilish va prognostik mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha 2025-yili himoya qilingan fan doktorlik dissertatsiyasi – bu sohadagi eng muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Samaradorlik 92 foiz, iqtisodiy samara 76 million so‘mdan yuqori.
Shunday insonlar bor ekan, sog‘lom avlod haqidagi orzu – xayol emas, amaliy maqsaddir. 90 kunlik missiya – bu faqat davr emas, balki harakat. Uning markazida – inson, uning salomatligi va hayoti turibdi. Nigora Ashurova va uning jamoasi esa bu harakatning ilmiy asoslarini, amaliy yo‘nalishlarini shakllantirmoqda.
Gulchehra MIRZAYEVA
Shu kecha va kunduzda
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining nizomi tasdiqlandi
Poytaxt oʻqituvchilar shodiyonasiga toʻldi
Nodavlat ta’lim muassasalari ishonchsizmi?
Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Toʻgʻri ovqatlanish koʻp narsani oʻzgartiradi

Qanday ichimliklar saraton rivojlanish xavfini oshiradi?

JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin
