Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi

Salomatlik Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi
43

Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi


Pedagoglarni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi takomillashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining shunga doir tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi. (https://talimxabarlari.uz/68962/)


Unga ko'ra:
O'zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarning har yili davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi majburiy hisoblanadi.
Davlat ta'lim tashkilotlarining bevosita bolalarga ta'lim va tarbiya berish bilan band bo'lgan pedagoglari tibbiy ko'rikdan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida o'tkazilishi belgilanmoqda. 


Nodavlat ta'lim tashkilotlari pedagoglarining tibbiy ko'riklari esa tashkilotning mablag'lari hisobidan tegishli lisenziyaga ega davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 


Loyihaga ko'ra, pedagogni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish vaqtida pedagog o'z ish joyi (lavozimi) va o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.


Sog'liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Salomatlik

Ulashish