Qozog‘iston reyslar sonini oshiradi

Qozog‘iston aviakompaniyalari 16-martdan 30-martgacha bo‘lgan Navro‘z bayrami oldidan ichki va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha 120 ta reys qo‘shadi. Bu haqda Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozadi Kazinform axborot agentligi.
Air Astana kompaniyasi 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, mart oyida Almati – Nha Trang, Astana – Nha Trang, Almati – Guanchjou, aprel oyida Almati – Mumbay, may oyida Atirau – Tbilisi, iyun oyida esa Astana – Frankfurt yo‘nalishlari bo‘yicha yangi reyslar ochiladi.
FlyArystan aviakompaniyasi 33 ta qo‘shimcha reys amalga oshiradi hamda Karaganda – Istanbul yo‘nalishida 4-iyundan boshlab haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi.
SCAT aviakompaniyasi 32 ta qo‘shimcha ichki reys joriy qiladi va may oyida Shimkent – Qohira, Shimkent – Sian, Shimkent – Budapesht yo‘nalishlari bo‘yicha yangi parvozlarni amalga oshiradi.
Qazaq Air 1-maydan boshlab Astana – Samarqand yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni yo‘lga qo‘yadi va bayram mavsumida ichki reyslar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
Bundan avval Lufthansa Group taxminan besh haftalik tanaffusdan so‘ng Qozog‘istonning Astana va Almati shaharlariga parvozlarni tiklashini e’lon qilgandi.
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYADA "TALABALAR BAHORI"
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank