Talaba manfaatini ko‘zlab qilinayotgan ishlar…

O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e’tirof etiladi. Chunki jami aholining qariyb 60 foizi yoshlar. Yaqin o‘nyillikda bu qatlam davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lishini tasavvur qilsak, yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish, muammolarini vaqtida hal etib, shaxs sifatida rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish kabi vazifalar nihoyatda dolzarb ekani oydinlashadi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham o‘z mutaxassisligi doirasida chuqur bilimli kadrlarni yetishtirish, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, universitet rektori G‘.Muhamedov tashabbusi bilan iqtidorli talabalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun stipendiyalar tanlovi joriy etilgan.
Ta’sis etilgan stipendiyalar to‘rt nomda: “Iqtidor stipendiyasi” (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi), “Tamaddun stipendiyasi” (pedagogika va gumanitar fanlar yo‘nalishi), “Bunyodkor stipendiyasi” (filologiya fanlari yo‘nalishi), “E’tirof stipendiyasi” (amaliy fanlar va turizm yo‘nalishi) joriy etildi. Tanlov har o‘quv yilining sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. E’tiborli jihati shundaki, tanlovda faqat to‘lov-shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar ishtirok eta oladi. Bu ham o‘z navbatida shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ushbu stipendiyalar tanlovining birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetib, qariyb 200 nafar talaba universitet bosqichiga yo‘llanma oldi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan talabalar bir yil davomida bazaviy stipendiya miqdorida rag‘batlantiriladi. Bundan tashqari, g‘olib talabalarni keng jamoatchilikka tanishtirish, universitet rektorining tegishli guvohnoma, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash ishlari ko‘zda tutilgan. Natijada yoshlarimizda maqsadi yo‘lida motivatsiya olish, kelajak taqdiriga ishonch ko‘zi bilan qarash va intellektual salohiyatiga munosib baho olganidan xursandchilik hissi shakllanadi.
Qariyb 7 yil mobaynida universitetda talabalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun arzigulik ishlar amalga oshirildi va jadal ravishda davom ettirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirish, ularning ilmiy-innovatsion rivojlanishiga ko‘mak berish maqsadida “Yoshlar akademiyasi” respublika miqyosida birinchilardan bo‘lib Chirchiq davlat pedagogika universitetida tashkil etilgani alohida tahsinga sazovor.
Diyorbek TURG‘UNPO‘LATOV,
Chirchiq davlat pedagogika
universiteti magistranti
Shu kecha va kunduzda
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
952.webp)
TA’LIM VA ENERGETIKA: ikki sohaning uzviy bog‘liqligi nimada?
144.webp)
SO‘ZDAGI SEHR VA DILDAGI MEHR (Nobel mukofoti laureati pokistonlik Janna D’ark – Malala Yusufzayning mashhur nutqi haqida mulohazalar)

TA’MIRTALAB YOZUVLAR KIMDAN BUYRUQ KELISHINI KUTMOQDA?
