Toʻgʻri ovqatlanish koʻp narsani oʻzgartiradi

Xalqimiz turmush hayotida shunday bir odat borki, bu haqida deyarli oʻylab koʻrilmaydi yoki shu doirada fikr bildirilsa, jamiyat aʼzolari tomonidan oddiy bir holat ekanligi ta'kidlanadi.
Bu – taomlanish bilan bogʻliq bogʻliq madaniyat.
Umuman olganda, inson hayotidagi har bir vosita – yegulik, videtomosha materiallari, har xil koʻngilochar, energiya olishga moʻljallangan harakatlar isteʼmolida me'yorga amal qilish judayam muhim.
Shu yoʻsinda, odamlarimiz taomlanish bilan bogʻliq vaziyatda mana shu meʼyorga amal qila olishmayapti. Yeb-ichish miqdori koʻpayib ketayotganligini hamma ham vaqtida anglay olmayapti. Natijada bu holat sogʻlik uchun juda katta zararga ishlaydi.
Ikkilamchi, koʻp taom yeyish ruhiyatni izdan chiqaradigan sabablardan biri. Me'yordan ortiq taomlanish insonni harakat qilishlikdan chetga tortadi. Uning oldiga qoʻygan vazifalariga boʻlgan motivatsiyasini soʻndirib qoʻyadi. Tabiiyki, harakatsizlik bu magʻlubiyat deganidir.
Taomlanish odatlariga koʻra, kechki yetti-sakkizdan soʻng iloji boricha kamroq yegulik isteʼmol qilish kerakligi, shu bilan birga tanovuldan soʻng, uning hazmini osonlashtirish uchun biroz vaqt mobaynida yurish kerakligi tavsiya etiladi.
Bizda esa, bu qoidaga amal qiluvchilar kam topiladi. Odamlar kechki taom uchun juda kech yigʻilishadi. Qoʻshimchasiga taom yeb boʻlgandan soʻng, tezroq yotar oʻrinlariga shoshishadi. Mana shuning uchun ham ortiqcha vazn bilan bogʻliq kasallanish holatlari haddan tashqari koʻp. E’tibor bersak sog‘lom ovqatlanishga odatlanmaganimiz yetmagandek, sog‘lom turmush tarziga ham rioya etmaymiz. Ko‘chaga chiqsak har qadamda ovqatxona, so‘ng dorixona uchraydi. Ovqatni noto‘g‘ri yeymiz, kasal bo‘lamiz, dorixonaga yuguramiz. Qarabsizki, topgan pulimiz taom va doridan ortmaydi. Agar biz hazmi yengil, oqsil va vitaminlarga boy ovqatlar yeyishga odatlansak va sog‘lom turmush tarziga amal qilib, har kuni bir mahal yurish yoki yugurish uchun vaqt ajratsak yoki muntazam biror foydali sport turi bilan shug‘ullansak kasal ham bo‘lmaymiz, daromadimiz ham dori-darmon uchun sarf bo‘lmaydi. Hayotimiz yengil va qiziq, maroqli tus oladi.
Muhsinjon Murodjonov,
O‘zJOKU talabasi
Shu kecha va kunduzda
YANA ATTESTATSIYA HAQIDA – 3 yoxud taʼlimga tutilgan ko‘zgu...
Bayram kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul xizmat ko‘rsatadi
AGAR USMON NOSIR YANA ELLIK YIL YASHASA, NIMA BO‘LARDI?
Qaysi oliygohda o‘qishni xohlaysiz?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank