Umid — imkoniyat demakdir

Mulohaza Umid — imkoniyat demakdir
38

Sotsiolog Suxrob Xidirovning bir fikrlarini o‘qib qoldim:  1950-yilda Kurt Rixter tomonidan o‘tkazilgan mashhur tajriba psixologik chidamlilik va umidning inson va hayvonlarda qanchalik muhimligini namoyon qilgan. Kurt Rixter kalamushlar bilan tajriba o‘tkazdi. Ularni suvga solib, qancha vaqt cho‘kmasdan suza olishlarini kuzatdi. Tajribaning birinchi bosqichida, kalamushlar o‘rtacha 15 daqiqa davomida suzishdi, so‘ng umidsizlikka tushib, cho‘ka boshlashdi. Lekin keyingi bosqichda, Rixter ularni cho‘kishdan biroz oldin suvdan olib chiqdi, dam oldirdi, so‘ng yana suvga soldi. Bu safar kalamushlar chasslar davomida suzishdi — ba’zilari 60 soatgacha chidagan. Rixterning xulosasi shunday bo‘ldi: "Agar jonzotda umid bo‘lsa, u juda uzoq chiday oladi. Umid yo‘q bo‘lsa — hatto kuchli tana ham tezda taslim bo‘ladi".


Bu tajriba inson hayotiga ham taalluqli. Kam maosh, qiyin sharoitlar, adolatsizlik – bularning barchasi odamda umidsizlik hissini uyg‘otishi mumkin. Lekin kichkina bir "umid" — imkoniyat, yordam, yaxshilik — odamni ruhan ko‘taradi va uzoqqa boshlaydi.


Doktor Kurt Rixterning bir nechta tajribalari bor va ular psixologik hayot tarzi bilan bog‘liq. Sichqonlarda o‘tkazilgan ushbu tajribada jonzot suzishda davom etsa qutqaruv,  suvdan chiqishda yordam va imkoniyat borligi bildirildi. Shuning uchun 15 daqiqalik chidam 60 soatga uzaydi. Aslida barcha jonzotlardan farqli o‘laroq insonlarga ham psixologik madad,  umid va ozgina turtki katta kuch beradi. Bu dunyoda barchamiz umid bilan yashaymiz. Umidsizlik salomatlikka ham ta’sir qiladi. Umidsizlik,  masalan,  biror yigit-qiz o‘qishga kirishga yo imtihondan o‘tishga umidi yo‘q bo‘lsa umuman harakat qila olmaydi. Agar unda vaqt bor va unday unumli foydalanishi mumkinligini anglasa,  yaxshilikka ishonch uyg‘onadi. Albatta, yechim bu umidsizlikdan chiqish yo‘li. Har bir ishda umid bo‘lishi uchun maqsad kerak. Men,  albatta,  shu ishni qilaman,  men o‘qishga kiraman,  men shu ishda ishlay olaman,  shifokor bo‘laman yoki yaxshi pul topish uchun mana bu ishga bor kuchim bilan yondashaman,  deb katta maqsad qo‘yish kerak. Shuning uchun hayotda,  o‘qishda,  ishda,  do‘stlikda va oilaviy muhitda ham umid rol o‘ynaydi. Rixterning xulosasida aytganiday yaxshi maoshga umid bo‘lmasa ishlashga ishtiyoq yo‘q. Yaxshi sharoitga umid bo‘lmasa har qanday harakat susayadi. 


Odamlarga ham ruhan madad kerak. Umid insonni harakatlantiruvchi kuch,  bizga qayerdandir umid, imkoniyat berilyaptimi qabul qilishimiz kerak. Aks holda kuchsizlik- umidsiz qolish barchasini vayron qiladi.


Aziza Abdusalomova,

abituriyent

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Esse

Ulashish