Muzrobotlik oddiy muallim Do‘stqobil hoji Qodirovga bu darajadagi shon-sharaf qanday nasib etgandi?

Gurung Muzrobotlik oddiy muallim Do‘stqobil hoji Qodirovga bu darajadagi shon-sharaf qanday nasib etgandi?
26



Ko‘pchilik fidoyi pedagoglar singari Do‘stqobil xoji Qodirovning mehnat faoliyati qishloq maktabida oddiy muallimlikdan boshlanganUstozning ilk mehnat faoliyati haqidabatafsil gapiradigan bo‘lsako‘nlabbalki yuzlab sahifalar kamlikqilarUrush ko‘rgan va undan keyin tug‘ilgan o‘zbek bolasi borkibolalik degan narsani bilmagan. “Mehnat faoliyatingiz qachonboshlangan?” deb so‘rasangiz, “Ota-onadan yetim bo‘lib qolgango‘daklik chog‘larimdan...” deb javob bersa ajab emasGarchiota-onasi bilan ellik yoshiga qadar birga yashagan bo‘lsa-daDo‘stqobilakaning tarjimai holi ham chiroylito‘kis o‘tmagan!

Ustozning bolalik va o‘smirlik davripedagogik faoliyati ham Sho‘ro tuzumikommunistik mafkura ostida Stalin, Xrushchevlardavridagi xaroba va yarim vayrona maktablardankattatanaffuslardagi yarim cho‘mich atalaga ur-yiqit navbatlar-yalangoyoq qor kechib o‘sha muzxona maktablarga qatnashdanboshlanganFaqat va faqat mehnat zahmatlariizlanishlarginaDo‘stqobil Qodirovni ro‘yobga chiqardi. Bu haqida menga tajribalijurnalist tog‘am Baxtiyor Ollomurod hikoya qilib bergan edi:

To‘qsoninchi yillarning boshlarida Surxondaryo viloyatiteleradiokompaniyasida katta muharrir edim. Tinib-tinchimasmuallim o‘zi rahbarlik qilayotgan akademik lisey o‘quvchilariniavtobus yollab (oddiy muallim uchun ortiqcha dardisar bo‘lgan butashabbuslarning xarajatlari ham ko‘pincha domlaning o‘z hisobidanbo‘lardiTermizga-studiyaga olib kelibjonli muloqotlar-bahslarteleshoular tashkil etardiDo‘stqobil akaning miyasida hamishamana shunday savollar aylanardi:

Nega endi faqat poytaxtda yo viloyat markazlarida yashabo‘qiydigan o‘quvchilargina xalqaro tanlovlarga borishlari kerak?”Faqat katta shaharlarda yashaydigan bolalargina dunyoni ko‘rishikerakmi?”  Axir shu adolatdanminimabizlarning bolalarimizo‘gaymi?”

Agar shuuringizda ana shunday isyonli savollar yashamasademaksizning qalbingiz va ruhingiz tirik emas!.

Oradan yillar o‘tibDo‘stqobil xojining zahmatlari meva beraboshladi. Uning pedagogik jamoasi prezident ma’ruzalarda e’tirofetiladigan bo‘ldiO‘quvchilari xalqaro tanlovlardan o‘rinlar olibkela boshladi.

Yangi O‘zbekiston degan atama hali so‘zlashuvlarimizda yo‘qedi ham. BiroqDo‘stqobil xoji buni Islom Karimov davridayoq o‘zfaoliyatida amalda ko‘rsata oldiIqtidorli bolalari siymosida yurtnisharaflarga burkaydigan ertangi kadrlar poydevorini qurdi.Muzrobotdaqishloq sharoitida ilk bora o‘n ming dona badiiykitoblar fondiga ega zamonaviy kutubxonaaxborot-resurs markazima’naviy tayanch maskani barpo etganida O‘zbekiston endiginaikkinchi ma’muriyat ko‘rgandiYa’nio‘zbek xalqi ko‘z ochibikkinchi prezidentni ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif etgan yilishaxsan o‘zining g‘amxo‘rligi va e’tibori bilan Do‘stqobil akaningkutubxonasi yangi zamon talablariga mos ravishda qurildiPrezidentmahalliy rahbarlar zimmasiga Do‘stqobil domlaniqo‘llab-quvvatlashjumladanmazkur kutubxona uchun yangizamonaviy imorat qurish vazifasini yukladi. Shu bahonadaMuzrabot tumanidagi Yangiobod qishlog‘i ko‘chalari ham asfaltko‘ribobod bo‘ldi...

Do‘stqobil Qodirovning yana bir unutilmas savob ishlaridanbiri, u kishi Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot chog‘idadavlat rahbariga maktabni a’lo baho va namunali xulq bilantugatgan o‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlashhaqida taklif kiritdi va bu taklif inobatga olinib amalda tatbiq etildi.

Ot bosmagan marralarga toylar yetsin deb bejiz duo qilishmagandonishmand bobolarimiz. Bugun Do‘stqobil xojiboboning qobil farzandlaridan biri, professor Umarali Qodirov otaizidan boribsalkam yigirma ming dona kitob zahirasiga ega mazkurkutubxona negizida iqtidorli bolalar uchun xususiy maktabga asossoldi.

Uning nafaqat viloyatimizdagibalki mamlakatimizdagi boshqaxususiy maktablardan asosiy farqi shukikambag‘al va o‘rtahol ota-onalar yelkasiga ottuya ko‘tara olmaydigan katta xarajatlarniyuklamasligidadir. O‘qish narxi hamyonbop bo‘lish bilan birgaushbu zamonaviy xususiy maktab o‘quvchilarning uylariga yaqin,piyoda kelib o‘qisa ham bo‘ladi.

Osiyo GʻOZIYEVA,

jamoatchi muxbir


Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish