Nazar To‘rayevning uy-muzeyi ochildi

Umr – saboq Nazar To‘rayevning uy-muzeyi ochildi
26

Denov shahrida atoqli fizik-matematik olim, akademik Nazar To‘rayevning uy-muzeyi ochilib,  zahmatkash filolog olim Toshtemir Turdiyevning azaliy orzularidan biri ushaldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 


Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov, Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov hamda Denov tadbirkorlik pedagogika instituti rektori Oybek Ro‘ziyev, poytaxtdan tashrif buyurgan bir qancha mehmonlar hamda ushbu tarixiy voqeaning tashabbuskori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyev, akademik Nazar To‘rayevning nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ilm-fani, xususan elektronika, kosmanavtikasi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi haqida to‘lqinlanib gapirdi.


Haqiqatdan ham bundan besh yuz ming yillar avval yashab o‘tgan alloma bobolarimizga munosib vorislar bilan haqli ravishda faxrlanishimiz kerak.

      Osiyo GʻOZIYEVA,

      jamoatchi muxbir

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish