Xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi

Tadqiqot Xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘quv  jarayoniga jalb etildi
31

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 2025–2026-o‘quv yili boshida universitetning “Tabiiy fanlar” fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda qo‘shma konferensiya tashkil etilib, unda zamonaviy ta’lim metodlari va ilmiy yutuqlar muhokama qilingan edi.



Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda universitet rektori Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 22–30-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasidagi Jumabek Tashenev nomidagi universitet professor-o‘qituvchilari  ̶  Muminova Sholpan hamda Aitkulova Raikhan universitetning “Biologiya” va “Kimyo” kafedralari talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.



Mazkur dars jarayonlarida talabalar xorijiy tajriba, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or o‘qitish metodlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda “Tabiiy fanlar” fakulteti dekani X. Saburov, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.


Bunday xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi  ̶  zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Universitet jamoasi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.


Ra'no QOCHQOROVA
kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish