Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish
masalalariga bag‘ishlandi.
Konferensiyada Turkiyaning Istanbul universiteti professori Shafoattin Deniz, Yangi O‘zbekiston universiteti kafedra mudiri, professor Dr.Mishel Bedeker, Qozog‘iston Xalqlar Do‘stligi universiteti kafedra mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, professor Madina Maxmudovna, Markaziy Osiyo universitetining TESL bo‘yicha dotsenti va Ingliz tilini o‘qitish kafedrasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nakhid Shakhib, Niderlandiyaning Amsterdam universiteti professori Babak Rezvani, Slovakiya Respublikasi Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri professor Kultan Yaroslav, Mo‘g‘uliston Ta’lim vazirligi huzuridagi Milliy ta’lim tadqiqot instituti vakili Zulmira Jaubay hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Ushbu konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – Ta’limning bugungi muammolarini ilmiy asosda tahlil qilish, Innovatsion pedagogik strategiyalarni tadqiq etish, Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni kengaytirish, ta’lim tizimida uzviylik va sifatni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 6 ta sho‘bada o‘z ishini davom ettirdi.
Shu kecha va kunduzda
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank