“Yurakdan yurakka” ko‘chgan o‘zbekona tuyg‘ular
Germaniyada tashkil etilgan “O‘zbegoyim Women Community” vatandosh ayollar klubi tuzilganiga hech qancha bo‘lmay, bir nechta yirik tadbirlar o‘tkazishga, o‘z a’zolari safini kengaytirishga ulgurdi.
Kuni kecha Germaniyaning Berlin shahrida tashkil etilgan navbatdagi “Yurakdan yurakka” nomli tabdirda, Germaniyaning turli shaharlaridan kelgan ellikka yaqin o‘zbek ayollari jam bo‘lishdi.
Yevropaning qoq markazida o‘zbek zabonida yangragan she’r va qo‘shiqlar, seminar-treninglar olmon diyorida o‘zgacha sharqona muhitni bunyod etdi go‘yo. Ilm olish, tajriba orttirish maqsadida kelgan, yirik oliygohlarda tahsil olayotgan, qolaversa qisqa muddatda Yevropada o‘z kasbiy karerasini bunyod etib ulgurgan opa-singillarimiz, bir-birlari bilan tajriba almashibgina qolmay, dildan samimimiy o‘zbekona gurunglashishdi. Psixolog Shohida Xoliqova, ijtimoiy pedagog Feruza Mamadaliyevalar o‘z chiqishlari bilan yevropa muhitida milliy qadriyatlarimizga asoslangan tabiya metodlari haqida saboq berishgan bo‘lsa, jurnalist va shoira Ma’rifat Nurning vatan sog‘inchi haqida ijro etgan she’ri, kipriklarga yosh qalqitdi:
Men bir shoir qizi, yot elga o‘gay,
Bag‘rida o‘stirgan, uchirgan ham u.
Qancha baxtli bo‘lmay, qancha shod bo‘lmay,
Vatan ̶ ko‘ksimdagi pinhona qayg‘u.
Tadbir o‘zbek milliy taomlari, o‘zbek oshi ustidagi shirin davra suhbatlarga ulanib ketdi.
Ma’rifat NURMATOVA,
“O‘zbegoyim Women Community” PR targ‘ibotchisi
Hamburg, Germaniya
Shu kecha va kunduzda
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasi ishlab chiqildi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank