Zamonaviy maktab boshqaruvi yo‘lida

Har bir ta’lim dargohining samarali faoliyati, yutuq va muvaffaqiyatlari shu maskanga rahbarlik qilayotgan shaxsga bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengashlari” tuzilgan. Maktablarga rahbarlarni tayinlash mana shu “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi va kengash faoliyati jamoatchilik asosida yuritilishi belgilangan. Uning a’zolari soni hududdagi maktablar sonidan kelib chiqib, direktorlar orasidan 7 nafardan 11 nafargacha qilib belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan umumta’lim maktablariga direktorlar va direktor lavozimiga nomzodlar uchun “Menejerlik o‘quv kurslari” tashkil etilgan. Nomzodlar avvalo, mazkur Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi belgilangan.
Endilikda umumta’lim maktablari direktori lavozimiga tanlovdan o‘tkazish jarayonlarining shaffofligini oshirish, tanlov jarayonlarini raqamlashtirish hamda foydalaniladigan savollar ochiq bazasini shakllantirish, shuningdek, hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi Direktorlar kengashi a’zolarining malakasini oshirish maqsadida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “Zamonaviy maktab boshqaruvida yetakchi liderlarni tayyorlash – Direktorlar kengashining ustuvor vasifasi" mavzusida maqsadli o‘quv kurslar tashkil etilmoqda. Unga barcha hududlardagi jami 127 nafar “Direktorlar kengashi” a’zolari jalb etilgan. Uch kun davom etadigan o‘quv kurslarida ta’limdagi islohotlar, menejerlik kurslarining mazmuni, ta'limda sun'iy intellektni qo'llash, Direktorlar kengashi faoliyatini metodik qo'llab quvvatlash, inson resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish haqida taqdimotlar hamda muhokamalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Treningda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, tizimdagi islohotlar, pedagoglar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, direktorlar kengashi va menejerlik kurslari o‘zaro integratsiyasining ahamiyati va boshqa dolzarb masalalar to‘g‘risida nutq so'zladi.
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’limi istiqbollari muhokama qilinmoqda
🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank