Alisher Navoiy: Mahbub ul-qulub
Qalbga mahbub hikmatlar
(Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari to‘g‘risida)
Hazrat Alisher Navoiy qalamidan dur yanglig‘ to‘kilgan durdona asarlar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi va xalqning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qilaveradi. Navoiy yigitlik davrida masnaviy janrida sermahsul ijod etib, “Xamsa”dek yuksak qimmatga ega asarni yaratdi. Umrining oxirida esa, uzoq yillar davomida to‘plangan hayotiy xulosalarini bir moʻtabar kitob holida tartib berishga kirishdi va bu sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, “Mahbub ul-qulub” asari dunyoga keldi.
“Xaloyiqning ahvoli, fe’l-atvori va gap-so‘zlarining kayfiyati”, “yaxshi fe’llar va yomon xislatlar”, “har xil foydali maslahatlar va misollar“ to‘g‘risidagi hikmatlar mazkur moʻtabar kitobdagi 127 tanbehda o‘z ifodasini topgan. Har bir tanbeh asosan nasriy bayon etilib, mavzuga mos she’rlardan ham unumli foydalanilgan.
Asarda qalamga olingan tabiblar, yaxshi va yomon xususiyatlar, savdogarlar, harb ishi ustalari to‘g‘risidagi tanbehlari bugungi kunda yoshlar tarbiyasida g‘oyat ahamiyatlidir.
Qayta-qayta o‘qir ekanman, har bir hikmati har qanday insonning qalbini uyg‘otib, uni hayotning yorqin tomonlariga boqib, ne’matlarga shukronalik hissi bilan yashashga da’vat etayotgandek tuyulaveradi.
E’tibor qiling-a:
Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.
Lola tuxumicha
g‘ayrating yo‘qmu?
Pilla qurticha himmating yo‘qmu?
“Mahbub ul-qulub”da, – deydi filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinov mazkur asar haqida fikr bildirar ekan, – jamiyat hayotini yuksaltirish, uni to‘g‘ri yo‘lga solish va shaxs ma’naviyatini tarbiyalash kabi o‘zining so‘nggi armonlarini vasiyat qilib qoldirdi”.
Shu jihatdan olib qaraganda, har bir o‘zbekning mazkur asarni o‘qishi nihoyatda zarur ekanligi oydinlashadi.
Alisher Navoiydan bizga qolgan noyob asar “Mahbub ul-qulub”ning har bir xonadonda bo‘lishini, kitob javonlarini bezab turishini istardim. Zero, bu asarda hayotning turli jabhalari qamrab olingan bo‘lib, o‘qigan inson undan har qanday qiyinchilikdan ham olib chiqadigan ravon yo‘lni topa oladi.
Mahzuna HABIBOVA,
Guliston davlat universiteti talabasi
Shu kecha va kunduzda
“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi
Endi bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi
Inson tanasi gadjetlarni energiya bilan ta’minlash uchun ishlatildi
Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishildi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank