Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi(ADHD) nima?

Bilarmidingiz? Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi(ADHD) nima?
162


ADHD uch asosiy xulq-atvor muammolarini keltirib chiqarishi mumkin: giperfaollik, impulsivlik yoki diqqat yetishmovchiligi. ADHDning aniq sabablari hali noma’lum, ammo bu holat miya faoliyatidagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.




Farzandimda ADHD borligini qanday bilsam bo‘ladi?


Farzandingizning shifokori siz, o‘qituvchilar va bolaning xulq-atvoridan xabardor bo‘lgan boshqa kishilar bilan suhbatlashib, ADHD bor-yo‘qligini aniqlashi mumkin. Shifokor, shuningdek, simptomlar qachon paydo bo‘lishi va ularning qanchalik og‘irligini ham baholaydi.


Diqqat yetishmovchiligi quyidagi belgilarni keltirib chiqarishi mumkin:

 • ko‘rsatmalarga amal qilishda qiyinchilik;

 • diqqatni jamlay olmaslik, tez chalg‘ish;

 • unutuvchanlik;

 • tashkilotchilik muammolari;

 • oldindan rejalashtirishda qiyinchilik;

 • narsalarni yo‘qotish yoki tartibsizlik;

 • o‘qituvchi yoki tarbiyachining gapiga quloq solmaslik.


Giperfaollik yoki impulsivlik quyidagi simptomlarga olib kelishi mumkin:

 • boshqalarni gapini bo‘lish;

 • nojo‘ya joylarda yugurish yoki daraxtga tirmashish;

 • juda ko‘p gapirish;

 • tinimsiz harakat qilish, doimiy bezovtalik;

 • jim o‘ynay olmaslik;

 • maktabda savollarga shoshqaloqlik bilan javob berish;

 • navbat kutish muammosi.


ADHD qanday davolanadi?


Ko‘plab bolalarga ADHD uchun stimulyator dorilar buyuriladi. Shifokor boshqa dorilarni ham tavsiya qilishi mumkin. Shuningdek, yaxshi xulq-atvorni rag‘batlantirish kabi terapiyalar ham samarali hisoblanadi.



Farzandingizning sinf xonasida ba’zi o‘zgarishlar kiritish ADHD simptomlarini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Masalan, uni sinfning old qismiga o‘tqazish chalg‘ituvchi omillarni kamaytiradi, grafik jadvallar va ro‘yxatlar esa vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish