DUNYODAGI ENG NOODATIY MAKTABLAR

Bilarmidingiz? DUNYODAGI ENG NOODATIY  MAKTABLAR
164

NOQONUNIY MUHOJIRLAR UCHUN MAKTAB

Isroilning “Bialik-Rogozin” maktabida 50 mamlakatdan kelgan bolalar tahsil olishadi. O‘quvchilarning oilalari xilma-xil, turli xudolarga sigʻinishadi, ammo ularni bir umumiy jihat birlashtiradi ‒ ularning barchasi qochqinlar va noqonuniy muhojirlar.

Koʻpchilik Isroilda qarindoshlari va hujjatlarisiz qoldi, baʼzilari ilgari hech qachon maktabga bormagan, ammo Bialik-Rogozinning xodimlari uchun doʻstlar va begonalar yoʻq. Bu yerda har bir bolaga nafaqat bilim, balki oziq-ovqat, kiyim-kechak va baʼzida immigratsiya politsiyasidan boshpana ham beriladi.

2010-yili maktab va uning oʻquvchilari haqidagi “Endi chet elliklar yoʻq” hujjatli filmi “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlib, jamoatchilik eʼtiborini noqonuniy bolalarni oʻqitish muammosiga qaratdi.

TORONTODA MAJBURIY MAKTAB YOʻQ

Kanada “ALPHA” maktabi odatdagi maktablardan sinflar, uy vazifalari, qatʼiy jadvallar va intizom yoʻqligi bilan farqlanadi. Bu yerda qoʻllaniladigan yagona jazo – sevimli darslaringizga qatnashishni vaqtincha taqiqlash.

Talabalar kunni qanday oʻtkazishni oʻzlari hal qilishadi ‒ ular kutubxonada oʻtirishlari, oʻz loyihalarini tuzishlari yoki darsga borishlari mumkin. Oʻqituvchilarning mavqeyi quyidagicha: har bir bola oʻz surʼatida rivojlanayotgan oʻziga xos shaxsdir va eng muhimi, bu rivojlanishga toʻsqinlik qilmaslikdir. Sinflar yoshga qarab emas, balki oʻquvchilarning qiziqishlariga qarab shakllantiriladi. Bir guruh bolalar haykaltaroshlik bilan shugʻullansa, boshqalari falsafa asoslari bilan tanishadi. Darslarni nafaqat oʻqituvchilar, balki bolalarning oʻzlari ham olib boradi. Tengdoshlar bir-biridan oʻrganishadi.

Barcha maktab nizolari bolalar va oʻqituvchilar ishtirok etadigan kengashda hal qilinadi. Hatto taʼlim muassasasini boshqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda ham talabalarning fikri hisobga olinadi. Albatta, koʻp odamlar bunday maktabda oʻqishni orzu qilishadi, ammo joylar soni cheklangan. Alfa rahbariyati bu muammoni demokratik yoʻl bilan yechgan: oʻqish huquqi lotereyada hal qilinadi.

Maqola muallifi

Shahnoza YANGIBOYEVA

Shahnoza YANGIBOYEVA

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Jarima

Ulashish