DUNYODAGI ENG NOODATIY MAKTABLAR
Bilarmidingiz?
703.jpg)
166
NOQONUNIY MUHOJIRLAR UCHUN MAKTAB
Isroilning “Bialik-Rogozin” maktabida 50 mamlakatdan kelgan bolalar tahsil olishadi. O‘quvchilarning oilalari xilma-xil, turli xudolarga sigʻinishadi, ammo ularni bir umumiy jihat birlashtiradi ‒ ularning barchasi qochqinlar va noqonuniy muhojirlar.
Koʻpchilik Isroilda qarindoshlari va hujjatlarisiz qoldi, baʼzilari ilgari hech qachon maktabga bormagan, ammo Bialik-Rogozinning xodimlari uchun doʻstlar va begonalar yoʻq. Bu yerda har bir bolaga nafaqat bilim, balki oziq-ovqat, kiyim-kechak va baʼzida immigratsiya politsiyasidan boshpana ham beriladi.
2010-yili maktab va uning oʻquvchilari haqidagi “Endi chet elliklar yoʻq” hujjatli filmi “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlib, jamoatchilik eʼtiborini noqonuniy bolalarni oʻqitish muammosiga qaratdi.
TORONTODA MAJBURIY MAKTAB YOʻQ
Kanada “ALPHA” maktabi odatdagi maktablardan sinflar, uy vazifalari, qatʼiy jadvallar va intizom yoʻqligi bilan farqlanadi. Bu yerda qoʻllaniladigan yagona jazo – sevimli darslaringizga qatnashishni vaqtincha taqiqlash.
Talabalar kunni qanday oʻtkazishni oʻzlari hal qilishadi ‒ ular kutubxonada oʻtirishlari, oʻz loyihalarini tuzishlari yoki darsga borishlari mumkin. Oʻqituvchilarning mavqeyi quyidagicha: har bir bola oʻz surʼatida rivojlanayotgan oʻziga xos shaxsdir va eng muhimi, bu rivojlanishga toʻsqinlik qilmaslikdir. Sinflar yoshga qarab emas, balki oʻquvchilarning qiziqishlariga qarab shakllantiriladi. Bir guruh bolalar haykaltaroshlik bilan shugʻullansa, boshqalari falsafa asoslari bilan tanishadi. Darslarni nafaqat oʻqituvchilar, balki bolalarning oʻzlari ham olib boradi. Tengdoshlar bir-biridan oʻrganishadi.
Barcha maktab nizolari bolalar va oʻqituvchilar ishtirok etadigan kengashda hal qilinadi. Hatto taʼlim muassasasini boshqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda ham talabalarning fikri hisobga olinadi. Albatta, koʻp odamlar bunday maktabda oʻqishni orzu qilishadi, ammo joylar soni cheklangan. Alfa rahbariyati bu muammoni demokratik yoʻl bilan yechgan: oʻqish huquqi lotereyada hal qilinadi.
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’limi istiqbollari muhokama qilinmoqda
Jarayon
🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
Jarayon
FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Daxldorlik
“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
Oliy ta’lim
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Taklif
Oramizdagi odamlar
Tanqid
Sport
952.webp)
TA’LIM VA ENERGETIKA: ikki sohaning uzviy bog‘liqligi nimada?
144.webp)
SO‘ZDAGI SEHR VA DILDAGI MEHR (Nobel mukofoti laureati pokistonlik Janna D’ark – Malala Yusufzayning mashhur nutqi haqida mulohazalar)

TA’MIRTALAB YOZUVLAR KIMDAN BUYRUQ KELISHINI KUTMOQDA?
