FVV Akademiyasi bo‘ylab press-tur

Oramizda shunday kasb egalari borki, ularning ko‘magida fuqarolarimizning hayoti, sog‘ligi va moddiy boyliklari saqlab qolinadi. Buning uchun o‘zlarining shirin jonini vaqti kelsa, xavf-xatarga qo‘yadilar. Anglaganingizdek, bu sharafli va mas’uliyatli – qutqaruvchilik kasbidir. Mazkur sohaga yetuk ofitser-kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hisoblanadi. Ta’lim dargohining asosiy maqsadi – yangicha fikrlaydigan, zamonaviy hamda o‘z kasbining yetuk mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan 20 nafardan ortiq OAV vakillari, Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi, yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar, universitet va institut olimlari, talabalar-yoshlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.