Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi
❗️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030 yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.
🏛 Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
✅ Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilandi:
🔹 tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 tanlov orqali iste’dodli mualliflarni aniqlash va ularga
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1 yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to‘lash;
🔹 eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;
🔹 vasiylik kengashi a’zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to‘lash.
Shu kecha va kunduzda
Hujayraning tarixi
Maktablarda ahvol
Buyuk ximik olimlar hayotidan
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Buyuk ximik olimlar hayotidan
O‘QUVCHILARNI BIR MAKTABDAN BOSHQASIGA O‘TKAZISHDA QUYIDAGI KETMA-KETLIKKA AMAL QILINADI
Limonning suvini siqib ichgandek…