Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga barcha fanlar bo‘yicha B+ sertifikat uchun ustama berilishi rejalashtirilgan

Jarayon Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga barcha fanlar bo‘yicha B+ sertifikat uchun ustama berilishi rejalashtirilgan
38

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga barcha fanlar bo‘yicha B+ sertifikat uchun ustama berilishi rejalashtirilgan


Muhokamalar portaliga ‘‘Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish tizimini joriy etish to‘g‘risida’’gi Nizom loyihasi  joylashtirildi.  


Loyihaga muvofiq malaka imtihoni natijalariga koʻra, sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi.

 

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli taʼlim tiliga mos ravishda barcha fanlar boʻyicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi.


2026-2027 oʻquv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar pedagogik kadrlarni kasbiy sertifikatlashdan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtgan deb hisoblanadi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #AT
  • #Nazorat

Ulashish