“Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari maʼlum qilindi

Jarayon “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari maʼlum qilindi
53

#Diqqat


📣 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari maʼlum qilindi


✅ Xabaringiz bor, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi oʻtgan yilning avgust-dekabr oylarida tashkil etilgan malaka sinovlari bilan integratsiya qilingan holda oʻtkazildi.


➖ Ayni vaqtda ishtirokchi pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali tanlovning birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va oʻrin) bilan tanishishlari mumkin.


👉 Maʼlumot uchun: tanlovning birinchi bosqich natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi. 


✅ Shuningdek, oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.


➡️ Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish