Milliy qadriyat – millat ko‘zgusi

Ajdodlar merosi – bebaho xazina Milliy qadriyat – millat ko‘zgusi
87

Milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos boʻlgan, uni boshqalardan farqini koʻrsatuvchi xususiyatlar majmuyi. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon boʻladi. Milliylikni bilish va anglash uchun millatlar oʻrtasidagi farq va tafovutlarni oʻrganish bilan birgalikda, ularni yaqinlashtiruvchi jihatlarga jiddiy eʼtibor berish zarur. Bizning zamonamizda mustamlakachilik tizimi barbod boʻldi, oʻnlab yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Ana shu asr soʻngida Oʻzbekiston ham mustaqillikni qoʻlga kiritib, oʻz milliy davlatchilik anʼanalarini, urf-odatlarini tikladi. “Milliy qadriyat — millat koʻzgusi” iborasi oʻzbek tilida keng tarqalgan boʻlib, maʼnosi “milliy madaniyat — millat koʻzgusi” deganidir. Bu ibora milliy oʻziga xoslikni, anʼanalarni va madaniy merosni xalqning qiyofasini aks ettiruvchi asosiy omil sifatida taʼkidlaydi.


Bu ibora nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki adabiy til va ogʻzaki nutqda ham koʻp ishlatiladi. Uning maʼnosini quyidagicha talqin qilinishi mumkin:

Millatning tarixan shakllangan, avlodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan anʼanaviy qadriyatlari, madaniyati, tili, sanʼati, urf-odatlari, eʼtiqodlari va boshqa jihatlar shular jumlasidandir. 


Yurtimizda yosh avlodni mulliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga doir bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham bu borada anchagina salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi, ularning milliy tafakkurimiz, milliy adabiyotimizni oʻzlarining beqiyos ijodiy olami bilan nurafshon qilgan, muborak adiblarimizga boʻlgan hurmat doirasida “Adabiy-maʼrifiy haftaliklar”,  “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri, ijodiy kechalar  tashkil etish belgilab olindi. Milliy tiklanish partiyasining Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Qadrimiz, qadriyatlarimiz va qadrlilarimizni asraylik” shiori ostida maʼrifiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Pedagogika  fakulteti talabalari orasida "Milliy  qadriyatlar  san’ati" mavzusida esselar tanlovi bo'lib o'tdi. Universitetining  Talabalar shaharchasida “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda  barcha viloyatlarning Folklor, Xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar,  adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyishi hamda  kuy-qoʻshiqlar orqali  Respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi. Bu borada qilingan ishlardan yana biri 2024-2025-o’quv yili davomida muntazam ravishda tashkil etilgan “Milliy liboslar kuni” bo‘lib, ushbu kun haftaning juma kunlari tashkil etildi. 


O‘quv yili davomida har juma kuni mavjud fakultetlarda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talaba-yoshlar universitet binosiga milliy liboslarda kelishlari odat tusiga kirdi. Bu tashabbus har bir ishtirokchida milliylikka bo‘lgan hurmat-ehtirom, qadriyatlarimizni qadrlash va amal qilish hissini ortishiga olib keldi. Zero, bunday tadbirlar  millat koʻrinishini belgilaydigan vositalardan biridir. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, milliy madaniyat va qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan shaxs yoki ijtimoiy guruhlar,  faoliyati orqali ham millatni tashqi dunyo taniydi. 



M.Ernazarova,

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti

"Umumiy pedagogika" kafedrasi o‘qituvchisi

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish