Muddatidan oldin talabalik
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiadalarni oliy ta’lim muassasalari bosqichida o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomga asosan, Toshkent shahar umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakultetida kimyo fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Shu kunning o‘zida olimpiadaning birinchi bosqichi o‘tkazilib, unda ishtirokchi o‘quvchilarning kimyo fanidan bilimlari test sinovlari orqali baholandi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar masalalar yechish orqali sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda esa ular hakamlar hay’ati oldida laboratoriya tajribalarini bajarib ko‘rsatishdi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur olimpiadaning asosiy maqsadi ̶ iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni muddatidan oldin talabalik safiga jalb etishdan iborat. Jumladan, olimpiadada faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ushbu universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Olimpiadani shaffof va adolatli o‘tkazishda Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz hamda g‘oliblarni muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklaymiz!
Ra’no QO‘CHQOROVA,
kimyo fanlari nomzodi, dotsent
Shu kecha va kunduzda
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi
Yangi O‘zbekiston yoshlari yuksak marralar sari: UDEA talabalari e’tirof markazida
UZUNLIK MUALLIM: “BU HALI BOSHLANISHI!”
UNUTILGAN BAYRAM
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank