“O‘qish savodxonlari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘qish savodxonlari” tanlovining yakuniy bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar asosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazildi.
11–14-mart kunlari bo‘lib o‘tgan tanlovda respublika bo‘ylab 164 ta maktabdan 18 ming nafar 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Sinov jarayonlari test.avloniy.uz platformasi orqali tashkil etilib, o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va o‘z fikrini yozma ravishda ifodalash ko‘nikmalari baholandi. Topshiriqlar badiiy va axborot matnlari asosida tuzilib, yopiq va ochiq turdagi savollarni o‘z ichiga oldi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan o‘quvchilar saralanib, jami 42 nafar g‘olib aniqlandi. Taqdirlash marosimida g‘oliblarga diplom, noutbuk, planshet va esdalik sovg‘alari topshirildi, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar berildi.
Mazkur tanlov yoshlarning ma’naviy-intellektual rivojiga xizmat qilish bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi kitobxonlikni keng targ‘ib etish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
"Ma'rifat" muxbiri
Shu kecha va kunduzda
“O‘qish savodxonlari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
“Jonli modellar” metodi
Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank