Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi

Bugunning gapi Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
30

Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish boshlandi. Arizani talabaning o‘zi shaxsiy kabinetiga kirib yuboradi.

Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

Chegirma faqat davlat oliygohida kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun va har bir farzandga alohida qo‘llanadi. Ya'nı, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

Chegirma bir o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Bog‘cha tarbiyachilarining va xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

× Quyidagilarga chegirma berilmaydi:
➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;

➖️ oliygohlarda tyutorlik lavozimida ishlaydiganlarning farzandlari uchun;

➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Qaror
  • #OTM
  • #Talaba
  • #Ustoz
  • #Pedagog

Ulashish