Professor ‒ o‘qituvchilar sport musobaqasida

Sport Professor ‒ o‘qituvchilar sport musobaqasida
19



🏢O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi bayram munosabati bilan poytaxtdagi oliy ta’lim muassalarining professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalarini tashkil etdi. Ikki bosqichli musobaqa 13-14-noyabr kunlari Shayxontohur tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida 230 nafar oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 


Ular sportning 6 turi bo‘yicha bellashishdi. 

− Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab, keng miqyosda tadbirlar tashkil etilyapti, − deydi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi raisi Abduxalil Rahmonov − O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiyasining 120 yilligi hamda 11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bir necha kun davomida O‘zbekiston ta’lim va fan hodimlari o‘rtasida “Sport − salomatlik garovi” shiori ostida musobaqalar tashkil etdik. Unda 20 ga yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Joriy yil 29-30-oktyabr kunlari Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablarining pedagog o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida shu sport musobaqasini tashkil etgan edik. Bu kabi bellashuvlarni har yili tizimli ravishda o‘tkazamiz. Yildan yilga ishtirok etayotgan jamoalarimiz soni, qamrovi oshib boryapti.


Qizg‘in bahs va munozaralarga boy kechgan o‘yinlar yakunida jamoalar adolat va shaffoflik tamoyillari asosida hakamlar hayati a’zolari tomonidan holisona baholandi. Faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan kamandalarga hamda musobaqada faol ishtirok etganlarga turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom, medal va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.





Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Sport

Ulashish