Sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan suratlar

Siz nima deysiz? Sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan suratlar
34

Cnn nashrining xabar berishicha, siz ko‘rib turgan suratlar “Xalqaro Aerial Fotografiyasi” tanlovining ilk g‘olibi tomonidan kadrlarga muhrlangan.


Nyu-Yorklik professional dron uchuvchisi Joanna Steidle ushbu hayratlanarli suratlari bilan bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. Ushbu tanlov  ̶  dunyo miqyosida yuqoridan olingan eng ta’sirli fotosuratlarni nishonlaydigan yangi mukofot hisoblanadi.


Tashkilotchilarning aytishicha, tanlovga butun dunyodan 1 500 dan ortiq ariza kelib tushgan. Tanlovga qo‘yilgan talab esa faqat  ̶  barcha suratlar inson tomonidan olingan bo‘lishi va sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan bo‘lishi kerak edi.


Shuningdek, mazkur tanlovda Ispaniyalik Daniel Vine Garsiya va AQShlik Devid Svindler ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish