❔“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar

Bilasizmi? ❔“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar
37

“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar


O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lmoqda. Ushbu postda super-kontrakt haqida batafsil ma’lumot beramiz.

🎓 2026-2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlangach, bu haqda qo‘shimcha xabar beramiz.

📌Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

– o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

– 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.


❗️Eslatma: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

✔️4,06 va undan koʻproq ball yetmagan, lekin minimal oʻtish ballidan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qaysi muddatgacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlangani yo'q. Sentabr oyida o‘qish boshlangach, onlayn ariza beriladi.

❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish