Tadqiqotlarda munosib qatnashish uchun
Abdulla Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi boshchiligida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan trening boshlandi.
Tadbirni Maktabgacha va Maktab Ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev kirish so‘zi bilan ochib, mamlakat taʼlimining Xalqaro baholashdagi ishtirokining ahamiyatiga to‘xtaldi.
6–8-yanvar kunlari o‘tkazilayotgan treningda hududiy pedagogik mahorat markazlarining direktor o‘rinbosarlari, 39 nafar boshlang‘ich ta’lim mutaxassislari va soha ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda PIRLS yondashuvlari, o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari hamda ochiq PIRLS materiallarini ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda. Mazkur trening va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘qituvchilar uchun 2 ta nomdagi qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun 8 ta mashq daftarlari hamda maxsus onlayn platforma ishlab chiqilgan.
Trening o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uch kun davomida PIRLS tadqiqotining asosiy tushunchalari, tadqiqot natijalari asosida shakllangan amaliy yondashuvlar hamda ochiq e’lon qilingan PIRLS matnlarini test.avloniy.uz platformasi orqali dars jarayonlarida qo‘llash usullari o‘rganiladi.
– PIRLSning 2021-yilgi davriyligida qog‘oz formatdagi test jarayonlaridan o‘tgan bo‘lsak, 2026-yilga kelib bu jarayonlar to‘liq raqamlashtirilgan holda o‘tkazilishi belgilangan. Shularni inobatga olgan holda biz Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan test.avloniy.uz platformasini ishlab chiqqanmiz. Bu platforma to‘laqonli PIRLS tadqiqotining andozalariga mos keladigan bo‘lib, o‘quvchilarda nafaqat o‘qish savodxonligi bo‘yicha, balki raqamli qurilmalardan foydalanish, AKT savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi, – deydi institutning Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Sardorbek Polvonnazirov.
Trening yakunida hududlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘quvchilar bilan amaliy ishlash va raqamli platformalardan foydalanish rejalashtirilgan.
Nazokat XOLMETOVA
Shu kecha va kunduzda
Kelajak uchun xorijiy til
YASHIL BURSA OHANGLARI
Tadqiqotlarda munosib qatnashish uchun
Nega universitet tanlashda faqat reytingga emas, kampusga ham e’tibor berish kerak?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Kelajak uchun xorijiy til
Nega universitet tanlashda faqat reytingga emas, kampusga ham e’tibor berish kerak?
Yangi yil bayramiga tuhfa: 34-maktabning yangi qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi