“Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari haqida maʼlumot berildi.

Dolzarb mavzu “Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari haqida maʼlumot berildi.
57

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari haqida maʼlumot berildi. 


✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining birinchi bosqich sinovlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlari natijalariga integratsiya qilingan holda tashkil etildi.


2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlarida umumiy hisobda 175 738 nafar pedagog ishtirok etdi.  Ularning 46 703 nafari «Yil o‘qituvchisi» tanlovi Nizomi talablariga to‘g‘ri kelganligi sababli, tanlovning birinchi bosqich jarayonlarida qatnashdi.


🔹Birinchi bosqichda har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazilishi belgilangan.


➖Har bir tuman (shahar)dan 3 nafardan — jami 624 nafar pedagog "Yil o‘qituvchisi" tanlovining ikkinchi bosqichiga o‘tkazildi. 


⏰ Tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-FEVRAL kuni mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan umumta’lim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.


✅ Ikkinchi bosqichda nomzodlarning o‘z fani bo‘yicha dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hay’ati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar  tomonidan (ovoz berish yo‘li orqali) 40 ballik tizim asosida baholanadi.


🔰 Pedagoglarning ovoz berishlari uchun nomzodning 45 daqiqalik dars o‘tish jarayoni uzluksiz, to‘liq videokameraga yozib olinadi hamda  montajsiz tarzda belgilangan tartibda pedagog.uzedu.uz maxsus platformasiga joylashtiriladi. 


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish