Sayyora Yorqulova, Olmaliq shahri

217
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Yanvar oyida ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat oldim. Milliy sertifikatim uchun menga 50 foiz ustama yozilishi kerakligini aytsam, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari "1- sinfda o‘qish darsi 4 soat, ona tili darsi 4 soat — jami 8 soatga 20 foiz ustama to‘layman, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ona tili, o‘qish fanlari uchun 50 foiz ustama to‘lansin degan hech qanday aniq asos yo‘q", deb aytishdi. Iltimos, bu bo‘yicha vazirlik mas'ullaridan aniq javob olib bering.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 26-martdagi 94-son buyrugʻiga asosan 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga asosan Ona tili va adabiyot fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari uchun amal qiladi va shu soatlar uchun 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.


Haftalik oʻquv soatlari quyidagicha:


1-sinfda oʻquv yilining 1-2-choraklarida 4 soat “Alifbe”, 4 soat “Yozuv”, 3-4-choraklarida 4 soat “Ona tili”, 4 soat “Oʻqish savodxonligi” fani; 


2-4-sinflarda 4 soatdan “Ona tili”, 3 soatdan “Oʻqish savodxonligi” fani.


Hasan Ubaydullayev,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassisi