Azim AXTAMOV
“Xalqaro kitob” kunini qanday nishonlaymiz?
Tan olish kerak, yurtimizda Xalqaro kitob kuni nomi bilan mashhur bo‘lgan bu bayram BMTga a’zo barcha davlatlar kabi tantanavor nishonlanmaydi. Biroq siz olamni o‘zgartirish qobiliyatiga egasiz. Bu degani, Xalqaro kitob kunini kitoblar olamiga sayr etib, badiiy asarlar mutolaa qilib, o‘rganganlaringizni o‘rtoqlaringiz bilan bo‘lishib, ularni ham bilimlar olamiga yetaklash iqtidori mavjud sizda. To‘g‘ri, gap bilan bu maslahatni umumiy aytish oson. Lekin biz bu kunni zavqli va foydali o‘tkazishingiz uchun kun tartibingizda qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini tuzib chiqdik:
• Siz
yashayotgan hududda kutubxonalar bor. Mutolaa qilish uchun esa o‘rindiqlar
bisyor. Demak, kitobxon do‘stlaringizni chaqirasizda, ilmlar koshonasi tomon
oshiqasiz.
• Quruq
qo‘l bilan borish yaxshi emas, albatta. O‘zingiz bilan birga eng sevimli
kitobingizni oling. Uni kutubxona, maktab yoki xayriya tashkilotlariga sovg‘a
qiling. Bu kitobdan olgan taassurotlaringiz va quvonchingizni boshqalarga
ulashishning ajoyib usuli.
• Kutubxonaga
borganingizdan so‘ng do‘stlaringiz bilan musobaqa uyushtiring. 2-3 soat vaqt
davomida necha bet kitob o‘qib, qancha bilim orttirganingiz borasida
bellashing.
• Uyga
qaytishda kitob do‘koniga kirib o‘tishni esdan chiqarmang. Axir, hadya qilgan
kitobingiz o‘rnini yangisi bilan to‘ldirish kerak.
• Do‘stlaringizni
uyingizda mehmon qiling. O‘zaro “Kitobxonlik klubi” tashkil etib,
javoningizdagi badiiy xazinadan birgalikda mutolaa qiling. Adabiyotga bo‘lgan
muhabbatingizni boshqalar bilan baham ko‘ring.
• Onlayn
adabiy tadbirlarda ishtirok eting. Ayni kunlarda bolalar adabiyoti yo‘nalishida
ijod qilayotgan shoir va yozuvchilar bilim va ko‘nikmalarini ulashishdan
horishmayapti. Siz ham bu jarayonda faol bo‘ling!
• Mobil
qurilmadan to‘g‘ri foydalanishga odatlaning. Vaqtingizni havoga sovurmang.
Kino, multfilm va klip ko‘rguncha bepul elektron kitoblarni yuklab
oling.
• Badiiy
xazina mutolaa qilishda foydali bo‘ladigan hunarmandchilik ishlari bilan
shug‘ullaning. Masalan, xatcho‘p, lavh yasashga harakat qilib ko‘ring.
Qo‘lingizdan kelishiga amin bo‘lmasangiz, bu ishga otangiz yoki buvangizni
chorlang. Ishonchim komilki, ular ham bu ishdan zavq oladi.
Xullas, endi Xalqaro kitob kunidagi
rejalaringizdan xabardorsiz. O‘ylaymizki, tavsiyalarimizni risoladagidek
bajarsangiz, xorijlik tengdoshlaringiz sizga havas qilsa arziydi.
Azim AXTAMOV
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank