Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi.

125
XO‘JALIK MUDIRI QO‘SHIMCHA TEKIN ISHLASHI MEHNAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQMI?

Mazkur me’yorlar asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida ehtiyojdan kelib chiqqan holda xo‘jalik mudiri, kassir va boshqa lavozimlar kiritilishi mumkin bo‘lib, ularga har bir lavozim uchun belgilangan ish haqi miqdorlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 25-bandiga asosan budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasi­ning) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida kassir lavozimi bo‘sh(vakant) bo‘lib, boshqa xodimga yuklatilganda “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan xodimga yuklatilgan lavozimning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-martdagi PQ–609-son qarori 4-bandida oylik maoshi va unga teng to‘lovlarni to‘lash uchun naqd pul beruvchi moddiy-mas’ul shaxs(kassir)ning vazifasi umumta’lim maktablarining ma’muriy-xo‘jalik bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudiri zimmasiga ularning lavozimi uchun belgilangan okladiga ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida qo‘shimcha oylik maoshi belgilash bilan yuklanishi belgilangan.

Mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha oylik maosh bo‘yicha talablar umumta’lim maktablari uchun belgilangan bo‘lib, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga tatbiq etilishi maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.

Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Matbuot xizmati javob berdi.