20 yoshli oʻsmirning ichaklaridan 5 dona toʻgʻnogʻich va 6 dona mix olib tashlandi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 5 dona to‘g‘nog‘ich hamda 6 dona mix yutib yuborgan bemorga yordam ko‘rsatildi. Ma'lum boʻlishicha 2005-yilda tugʻilgan bemor koʻngil aynishi, epigastral sohasidagi kuchli ogʻriq va ovqat oʻtishining qiyinlashishidan shikoyat qilib murojaat qilgan.
Bemor 2 kun oldin koʻp toʻgʻnogʻich va mix yutganligini bildirgan. Shuningdek, u psixiatr nazoratida roʻyxatda turgan. Unda oʻtkazilgan rentgenografiya tekshiruvida oshqozon va 12 barmoqli ichakda koʻp sonli metalsimon yot jismlar, FGDS tekshiruvi orqali oshqozonning pilorik qismida katta egriligida metalsimon koʻp sonli 2X5 sm li metalsimon toʻgʻnogʻich va mixlar borligi aniqlangan.
Bemorda zudlik bilan endoskopik amaliyot oʻtkazilib amaliyot muvaffaqiyatli bajarilgan. Xirurg endoskopist A.Haydarov tomonidan maxsus endoskopik qisqich “Krokodil tishi” va maxsus endoskopik ilgaklar yordamida bosqichma-bosqich 5 dona metalsimon toʻgʻnogʻich va 6 dona mix yot jismlari bemor oshqozoni va 12 barmoqli ichak boʻshligʻidan olib tashlangan.
Hozirda bemorning ahvoli ijobiy tomonga oʻzgarib, oshqozon ichak traktidagi patalogik muammolar bartaraf qilingan.
Shu kecha va kunduzda
“O‘qish savodxonlari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
“Jonli modellar” metodi
Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Xodimning attestatsiyadan o‘tolmasligi, uning stavkasini kamaytirishga asos bo‘ladimi?
O‘smirlik fasli – Ilim, mehr va dolzarb 90 kun missiyasida
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ayol to‘rt farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi