Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash jarayonlari

Kuni kecha Oliy attestatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 7-bandining “b” kichik bandiga ko‘ra ijro intizomi bo‘yicha OAK raisining hisoboti tashkil qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan maqsadli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, ijro intizomi bo‘yicha bevosita birinchi rahbar huzurida mas’ul xodimlarning har ish kunida hisobot berishi, hafta yakuni bo‘yicha ijro intizomi umumiy muhokama qilinishi va oy yakuni bo‘yicha OAK Rayosatida ma’lumot berilishi tizimli ravishda tashkil etilgan.
Shunga ko‘ra, hisobot davri davomida Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmoni va 2 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida imzolangan Bitim hamda 1 ta Hukumat topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlangani tegishli hujjatlar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu kecha va kunduzda
Tarix fakulteti 90 yoshda!
Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash jarayonlari
Boshlangʻich taʼlimda kreativ fikrlashni shakllantirish: ilgʻor yondashuvlar muhokamada
Ustozga ehtirom – ulug‘ qadriyat
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank