Endi bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi
Va o‘zida quyidagilarni
ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasiga 2025-2026-yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘ning bir qismini 2023-yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo‘llanma xarajatlarini hamda 2024-yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirishga ruxsat berildi;
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi;
Bundan tashqari, “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
Bunda yo‘llanma
xarid qilish jarayonida Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish
axborot tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining
ma’lumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu
bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi
ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.
Shu kecha va kunduzda
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank