Matbuot tarixi suratlarda: Toshkentda noyob fotoko‘rgazma ochildi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkentda tarixiy voqelikni hujjatlar orqali yorituvchi o‘ziga xos madaniy tadbir – “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarda” nomli fotoko‘rgazma ochildi.
Tadbir 26-iyun kuni Toshkent Fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tdi. Fotoko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada 1928-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan 150 dan ortiq noyob fotohujjatlar namoyish etilmoqda. Ular orasida tahrririyatlar hayoti, bosmaxona va studiyalar faoliyati, jurnalistlar, suxandonlar hamda rejissyorlarning mehnat jarayonlari aks etgan tarixiy lahzalar jamlangan.
Bu suratlar orqali nafaqat o‘zbek matbuotining shakllanish bosqichlari, balki axborot makonining rivojlanish yo‘li, jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rni va ta’siri chuqur his etiladi.
Ko‘rgazma davomida bir qator televideniye, radio, gazeta va jurnal vakillari – jurnalistlar, muxbirlar, muharrirlar, fotomuxbirlar va soha faollari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ushbu ko‘rgazma – matbuotimiz tarixiga hurmat, axborot sohasining o‘tmishi va bugunini bog‘lovchi tirik hujjatli ko‘prikdir.
Ko‘rgazma Toshkent Fotosuratlar uyida 2025-yil 3-iyulgacha davom etadi.
Aziza Hakimova,
ToshDO‘TAU talabasi
Shu kecha va kunduzda
“Biz buni bolalarga koʻrsatilgan ehtirom sifatida qabul qildik!”
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi
Matbuot tarixi suratlarda: Toshkentda noyob fotoko‘rgazma ochildi
Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank