Matbuot – jamiyat ko‘zgusi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Matbuot – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jarayonda so‘z olganlar matbuotning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy ongni shakllantirishdagi ta’siri, davlat va xalq o‘rtasida ishonch ko‘prigini mustahkamlashdagi beqiyos rolini alohida ta’kidladi. Jumladan, akademiya rektori Muzaffar Komilov shunday dedi:
– Matbuot – bu hayot oynasi, haqiqat nidosi, xalqning og‘zi va qulog‘idir. Ayniqsa, zamonaviy axborot oqimlari davrida ommaviy axborot vositalarining ahamiyati yanada oshmoqda. Bugun OAV nafaqat yangilik yetkazuvchi manba, balki yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy qalqon hamdir.
Tadbir davomida ishtirokchilar matbuotning yosh avlod qalbida vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollik ruhini tarbiyalashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati tomonidan yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishdagi samarali faoliyati, ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu kecha va kunduzda
“Biz buni bolalarga koʻrsatilgan ehtirom sifatida qabul qildik!”
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi
Matbuot tarixi suratlarda: Toshkentda noyob fotoko‘rgazma ochildi
Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank